Kriptoplatformaning AT auditi


2020-yilda jamoamiz ISO 27001, ITIL va COBIT kabi ilg‘or xalqaro xavfsizlik va ATni boshqarish standartlarini qo‘llagan holda kripto-birjaning keng qamrovli auditini muvaffaqiyatli yakunladi. Ushbu loyiha xavfsizlikning barcha asosiy jihatlarini, jumladan, ma’lumotlar himoyasi va platforma jarayonlari xavfsizligini baholash va yaxshilashga qaratilgan edi. Biz AT infratuzilmasining hozirgi holatini chuqur tahlil qilish va zaifliklarni aniqlash uchun xalqaro amaliyotlarni qo‘lladik. Barcha xavflar puxta tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqildi.

Loyiha doirasida ITIL va COBIT asosida AT xizmatlarini boshqarish jarayonlari ham optimallashtirildi, bu esa operatsion samaradorlikni oshirdi va birja biznes jarayonlaridagi ehtimoliy xavflarni kamaytirdi. Biz compliance nuqtayi nazaridan barcha jihatlarni puxta ishlab chiqdik, bu qonun hujjatlariga muvofiqlikni va mijozni zarur litsenziyalarni olishga tayyorligini ta’minladi. Shu tufayli, mijozimiz kriptoplatforma operatori sifatida qonuniy ishlash va ICO (Initial Coin Offering) o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritdi.

Loyihaning amalga oshirilishi nafaqat barcha darajadagi maksimal xavfsizlik va himoyani ta’minladi, balki mijozning biznesini rivojlantirish uchun muhim qadam bo‘lib, unga qonuniy faoliyat yuritish va kriptovalyuta bozorida yanada kengayish imkoniyatlarini ochib berdi. Ushbu audit strategik o‘sishning ajralmas qismiga aylanib, foydalanuvchi va investorlarning platformaga bo‘lgan ishonchini mustahkamladi, va uning bozordagi mavqeini sezilarli darajada yaxshiladi.

Hamkorlikka
qiziqyapsizmi?

Kontakt ma’lumotlaringizni qoldiring, biz siz bilan yaqin vaqt ichida bog‘lanamiz

Hamkorlikni boshlash
Start