Mobil aloqa operatori uchun FTTx tizimini takomillashtirish va texnik xizmat ko‘rsatish
GSM 900/1800, UMTS (WCDMA/HSDPA/HSUPA/HSPA+) va 4G standartidagi aloqa xizmatlarini taqdim etuvchi yirik uyali aloqa operatori uchun abonentlarni statsionar internet xizmatiga ulash bo‘icha brigadalarni boshqarishni avtomatlashtirish loyihasi amalga oshirildi. Atlassian Jira platformasi asosida FTTx tizimiga tashqi ijrochilar brigadalarini boshqarish moduli joriy etildi.
Bankda CRM -tizimini joriy etish
Bozorda 20-yildan ortiq vaqtdan beri mavjud bo‘lgan o‘rtacha bank uchun vTiger CRM ochiq kodli modifikatsiyalangan CRM asosida lidlarni boshqarish tizimini (Lead Management System) joriy etish loyihasi amalga oshirildi. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishning funksional tizimi joriy etildi.
Kriptoplatformaning AT auditi
2020-yilda xalqaro amaliyot va standartlarga (ISO27001, ITIL, COBIT) amal qilgan holda kripto-birja auditini yakunlandi. Mijoz kripto-platforma operatori va ICO faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini qo‘lga kiritdi.
Xolding uchun AT siyosatini ishlab chiqish
Yirik ishlab chiqarish xoldingi uchun uch yillik istiqbolli AT siyosati konsepsiyasini ishlab chiqish loyihasi amalga oshirildi. Konsepsiyani amalga oshirish doirasida zamonaviy va biznes ehtiyojlariga javob beradigan AT-infratuzilmasini qurish uchun poydevor sifatida AT siyosati ishlab chiqildi. AT/AX jarayonlarini boshqarish takomillashtirildi.
Xolding uchun ATni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish
Kompaniyamiz mutaxassislari tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi: AT infratuzilmasini qurish, yondashuvlarini tizimlashtirish, butun xolding doirasida ATning shaffofligi, boshqaruvchanligi va samaradorligini oshirish. Loyiha doirasida xolding uchun ATni rivojlantirishning bir nechta konsepsiyalari ishlab chiqildi.
Yirik bankning AT-auditi
Mamlakat bo‘ylab keng tarmoqli filiallar tizimiga ega bo‘lgan hamda mahalliy va xorijiy kompaniyalar bilan mustahkam hamkorlik aloqalari o‘rnatgan yirik banklardan biri uchun AT-audit o‘tkazish loyihasi samarali amalga oshirildi. AT-auditni o‘tkazish Bankda ATni boshqarish jarayonlarini optimallashtirish va rivojlantirishga yordam berdi. AT auditini o‘tkazishda COBIT, ITIL, PMI metodologiya va amaliyotlari qo‘llanildi.
Sug‘urta kompaniyasi biznes-jarayonlarini avtomatlashtirish ATni baholash
25-yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan, o‘rta va kichik biznes korxonalari hamda jismoniy shaxslar bilan ishlaydigan sug‘urta kompaniyasi uchun, biznes jarayonlarini avtomatlashtirish, axborot tizimidan foydalanishni tahlil qilish va baholash loyihasi amalga oshirildi.
Kriptoplatformaning xavfsizligini sinash
Mijoz F2X Platform — kriptovalyutalar savdosi platformasi uchun, xavfsizlikni tekshirish va hujumlarga bardoshlilikni baholash bo‘yicha loyiha amalga oshirildi. Kriptoplatforma axborot tizimining himoyalanganlik darajasi baholandi.
Bank axborot xavfsizligi tizimi auditi
Jamoamiz tomonidan ixtisoslashgan bank uchun loyiha amalga oshirildi, axborot xavfsizligining xalqaro standartlar talablariga muvofiqligi baholandi, shuningdek tizimga kirib borish va hujumlarga bardoshlilik bo‘yicha sinovlar o‘tkazildi.
Dorixonalar tarmog‘i axborot xavfsizligi auditi
Mijoz, farmatsevtika tarmog‘i - mustaqil dorixonalar tarmog‘i uchun axborot xavfsizligini ta’minlash darajasi baholanib, uni yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Axborot xavfsizligi Menejment Tizimini joriy etish bo‘yicha batafsil ish jadvali ishlab chiqildi.
Topilgan natijalar 16
Ko‘rsatishHamkorlikka
qiziqyapsizmi?
Kontakt ma’lumotlaringizni qoldiring, biz siz bilan yaqin vaqt ichida bog‘lanamiz
Hamkorlikni boshlashBizga messenjerlar orqali yozing:
Qo‘ng‘iroq buyurtma qilish
Kontakt ma’lumotlaringizni qoldiring, biz siz bilan yaqin vaqt ichida bog‘lanamiz
CV yuborish
Nomzodlar uchun qayta aloqa shakli
Hoziroq ariza topshiring va IT Experts bilan karerangizni boshlang!