// Способ 1 - удаление элемента

12yillik muvaffaqiyatli ish

Bu vaqt ichida biz uchta asoschisi bo‘lgan startapdan, biznes uchun texnologik yechimlarni taqdim etuvchi - AT- mutaxassislar jamoasiga aylandik. Biz yillar davomida ortirgan tajribamiz va yutuqlarimiz bilan faxrlanamiz. Shu vaqt ichida biz mijozlarimiz va hamkorlarimiz bilan yuqori sifatli va ishonchli munosabatlarni o‘rnatishga erishdik.

17Bizning AT- mutaxassislarimizning o‘rtacha ish tajribasi- 17-yil

Bizning jamoamiz turli AT sohalarida katta tajribaga ega mutaxassislardan iborat. Bu bizga biznes uchun yuqori sifatli xizmatlar va yechimlarni taqdim etish imkonini beradi.

12001200 ishtirokchi o‘tkazilgan seminarlarda ishtirok etdi

Biz bilim va tajribamizni boshqalar bilan faol ravishda baham ko‘ramiz. Bizning seminarlarimiz ilg‘or texnologik amaliyotlar va g‘oyalar almashish uchun platformaga aylandi.

2Ofislarimiz Litva va O‘zbekistonda faoliyat yuritadi

Bizning bir nechta yurisdiksiyalarda mavjudligimiz bizga mijozlar bilan yaqindan ishlash va biz faol rivojlanayotgan bozorlarimizda, faol hamkorlik qilish imkonini beradi.

PMI Loyihalarni Boshqarish Mutaxassisi (PMP®)

PMI Loyihalarni Boshqarish Mutaxassisi (PMP®)

PMP loyiha menejeri rolini bajarish, loyihalar va jamoalarga rahbarlik qilish hamda ularni boshqarish bo‘yicha malakani tasdiqlaydi.

ABPMP Biznes Jarayonlar bo‘yicha Sertifikatlangan Mutaxassis (CBPP®)

ABPMP Biznes Jarayonlar bo‘yicha Sertifikatlangan Mutaxassis (CBPP®)

CBPP biznes jarayonlar bo‘yicha sertifikatlangan mutaxassis - biznes operatsiyalarini takomillashtirish hamda tashkilotlarda transformatsiyani amalga oshirish uchun qo‘llaniladigan BPM CBOK® konsepsiyalari va usullarini bilish hamda amalda qo‘llash qobiliyatini tasdiqlaydi.

OMG Biznes Jarayonlarini Boshqarish bo‘yicha Sertifikatlangan Mutaxassis

OMG Biznes Jarayonlarini Boshqarish bo‘yicha Sertifikatlangan Mutaxassis

OMG Biznes Jarayonlarini Boshqarish bo‘yicha Sertifikatlangan Mutaxassis - biznes jarayonlarini boshqarish (BPM) zamonaviy, murakkab va taqsimlangan biznes muhitida qanday qo‘llanilishini bilish hamda amaliy ko‘nikmalarga egalikni tasdiqlaydi.

CISA

CISA

Sertifikatlangan Axborot Tizimlari  bo‘yicha Auditor® — tashkilotning axborot texnologiyalari va biznes tizimlarini audit qilish, nazorat qilish, monitoring qilish hamda baholash bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun erishilgan yutuqlar standarti sifatida jahon miqyosida e’tirof etilgan sertifikat.

CRISC

CRISC

Xavf va Axborot Tizimlarini Boshqarish bo‘yicha Sertifikat™ - korxona AT xavfini aniqlash va boshqarish hamda axborot tizimlarini boshqarish vositalarini joriy etish va nazorat qilish bo‘yicha malakani tasdiqlaydi.

COBIT

COBIT

COBIT 2019 tamoyillari, konsepsiyalari va metodologiyasi bo‘yicha kompleks bilim — korporativ axborot va texnologiyalarni samarali boshqarish hamda nazorat qilish tizimini yaratish va takomillashtirish.

CISM

CISM

Sertifikatlangan Axborot Xavfsizligi Menejeri® sertifikati axborot xavfsizligini boshqarish, dasturlarni ishlab chiqish va boshqarish, hodisalarni va xavflarni boshqarish sohasidagi malakani tasdiqlaydi.

ITIL Foundation

ITIL Foundation

ITIL® — AT xizmatlarini boshqarish (ITSM) uchun biznes ehtiyojlari bilan muvofiqlashtirish va tashkilotga qiymat olib kelish maqsadida qo‘llaniladigan umumiy yondashuvlarni tasvirlovchi eng yaxshi amaliyotlar to‘plami.

Yo‘nalishlar:
Barchasi Tizimli integratsiya IT-konsalting AT xavfsizligi Biznes jarayonlarini optimallashtirish va avtomatlashtirish

Mobil aloqa operatori uchun FTTx tizimini takomillashtirish va texnik xizmat ko‘rsatish

GSM 900/1800, UMTS (WCDMA/HSDPA/HSUPA/HSPA+) va 4G standartidagi aloqa xizmatlarini taqdim etuvchi yirik uyali aloqa operatori uchun abonentlarni statsionar internet xizmatiga ulash bo‘icha brigadalarni boshqarishni avtomatlashtirish loyihasi amalga oshirildi. Atlassian Jira platformasi asosida FTTx tizimiga tashqi ijrochilar brigadalarini boshqarish moduli joriy etildi.

Bankda CRM -tizimini joriy etish

Bozorda 20-yildan ortiq vaqtdan beri mavjud bo‘lgan o‘rtacha bank uchun vTiger CRM ochiq kodli modifikatsiyalangan CRM asosida lidlarni boshqarish tizimini (Lead Management System) joriy etish loyihasi amalga oshirildi. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishning funksional tizimi joriy etildi.

Kriptoplatformaning AT auditi

2020-yilda xalqaro amaliyot va standartlarga (ISO27001, ITIL, COBIT) amal qilgan holda kripto-birja auditini yakunlandi. Mijoz kripto-platforma operatori va ICO faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini qo‘lga kiritdi.

Xolding uchun AT siyosatini ishlab chiqish

Yirik ishlab chiqarish xoldingi uchun uch yillik istiqbolli AT siyosati konsepsiyasini ishlab chiqish loyihasi amalga oshirildi. Konsepsiyani amalga oshirish doirasida zamonaviy va biznes ehtiyojlariga javob beradigan AT-infratuzilmasini qurish uchun poydevor sifatida AT siyosati ishlab chiqildi. AT/AX jarayonlarini boshqarish takomillashtirildi.

Xolding uchun ATni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish

Kompaniyamiz mutaxassislari tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi: AT infratuzilmasini qurish, yondashuvlarini tizimlashtirish, butun xolding doirasida ATning shaffofligi, boshqaruvchanligi va samaradorligini oshirish. Loyiha doirasida xolding uchun ATni rivojlantirishning bir nechta konsepsiyalari ishlab chiqildi.

Yirik bankning AT-auditi

Mamlakat bo‘ylab keng tarmoqli filiallar tizimiga ega bo‘lgan hamda mahalliy va xorijiy kompaniyalar bilan mustahkam hamkorlik aloqalari o‘rnatgan yirik banklardan biri uchun AT-audit o‘tkazish loyihasi samarali amalga oshirildi. AT-auditni o‘tkazish Bankda ATni boshqarish jarayonlarini optimallashtirish va rivojlantirishga yordam berdi. AT auditini o‘tkazishda COBIT, ITIL, PMI metodologiya va amaliyotlari qo‘llanildi.

Mobil aloqa operatori uchun FTTx tizimini takomillashtirish va texnik xizmat ko‘rsatish

GSM 900/1800, UMTS (WCDMA/HSDPA/HSUPA/HSPA+) va 4G standartidagi aloqa xizmatlarini taqdim etuvchi yirik uyali aloqa operatori uchun abonentlarni statsionar internet xizmatiga ulash bo‘icha brigadalarni boshqarishni avtomatlashtirish loyihasi amalga oshirildi. Atlassian Jira platformasi asosida FTTx tizimiga tashqi ijrochilar brigadalarini boshqarish moduli joriy etildi.

Bankda CRM -tizimini joriy etish

Bozorda 20-yildan ortiq vaqtdan beri mavjud bo‘lgan o‘rtacha bank uchun vTiger CRM ochiq kodli modifikatsiyalangan CRM asosida lidlarni boshqarish tizimini (Lead Management System) joriy etish loyihasi amalga oshirildi. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishning funksional tizimi joriy etildi.

Farmatsevtika korporatsiyasi uchun BPMS sinfiga mansub tizimini joriy etish

Biznes jarayonlari yo‘lga qo‘yilgan yetakchi milliy farmatsevtika ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lgan yirik NDA farmatsevtika korporatsiyasi uchun BPMS (Business Process Management System) sinfidagi tizimni joriy etish loyihasi amalga oshirildi.

Creatio Service ITSM tizimini joriy etish va takomillashtirish

O‘zbekistonning eng jadal rivojlanayotgan tizimli banklaridan biri uchun Creatio Service ITSM tizimini joriy etish va takomillashtirish loyihasi samarali amalga oshirildi. Ushbu loyiha nafaqat yangi vositani joriy etish, balki bankning AT-operatsiyalarini raqamli transformatsiya qilish yo‘lidagi strategik qadam bo‘ldi.

Kriptovalyuta operatsiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yuklash mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish

Mijoz, yirik kripto-birjasi uchun kriptovalyuta operatsiyalari bo‘yicha ma’lumotlarni yuklash mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish loyihasi amalga oshirildi. Vazifa, ma’lumotlarni olish va qayta ishlash jarayonini avtomatlashtirish, xatolarni kamaytirib, hisobot tayyorlashni tezlashtirish edi.

Sug‘urta kompaniyasi biznes-jarayonlarini avtomatlashtirish ATni baholash

25-yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan, o‘rta va kichik biznes korxonalari hamda jismoniy shaxslar bilan ishlaydigan sug‘urta kompaniyasi uchun, biznes jarayonlarini avtomatlashtirish, axborot tizimidan foydalanishni tahlil qilish va baholash loyihasi amalga oshirildi.

Farmatsevtika korporatsiyasi uchun BPMS sinfiga mansub tizimini joriy etish

Biznes jarayonlari yo‘lga qo‘yilgan yetakchi milliy farmatsevtika ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lgan yirik NDA farmatsevtika korporatsiyasi uchun BPMS (Business Process Management System) sinfidagi tizimni joriy etish loyihasi amalga oshirildi.

FMCG kompaniyasi uchun yangi mahsulotlarni bozorga chiqarish jarayoni

Bir nechta mamlakatlarda ishlaydigan ishlab chiqaruvchi - FMCG uchun yangi mahsulotlarni yaratish va bozorga chiqarish jarayonini optimallashtirish (NPD) loyihasi amalga oshirildi. Loyiha boshlanishidan oldin NPD jarayoni turli mamlakatlar va bo‘linmalarda turlicha bo‘lgan, bu mahsulot chiqarishni sekinlashtirgan va harakatlar nomuvofiqligi hamda javobgarlik sohalarining noaniqligiga olib kelgan.

Creatio Service ITSM tizimini joriy etish va takomillashtirish

O‘zbekistonning eng jadal rivojlanayotgan tizimli banklaridan biri uchun Creatio Service ITSM tizimini joriy etish va takomillashtirish loyihasi samarali amalga oshirildi. Ushbu loyiha nafaqat yangi vositani joriy etish, balki bankning AT-operatsiyalarini raqamli transformatsiya qilish yo‘lidagi strategik qadam bo‘ldi.

BPM/DMS tizimini joriy etish uchun funksional talablarni ishlab chiqish

O‘zbekistonning butun mamlakat bo‘ylab keng tarmoqli filiallar tizimiga ega bo‘lgan, mahalliy va xorijiy kompaniyalar bilan mustahkam hamkorlik aloqalari o‘rnatgan yirik tizim yaratuvchi banklaridan biri uchun BPM tizimini joriy etishga qaratilgan funksional talablarni ishlab chiqish loyihasi amalga oshirildi.

projects

Mijozlar

Ular IT Experts ni tanlaydilar, chunki biz va’damizga amal qilishimizni va bizga ishonish mumkinligini biladilar

Hamkorlikka
qiziqyapsizmi?

Kontakt ma’lumotlaringizni qoldiring, biz siz bilan yaqin vaqt ichida bog‘lanamiz

Hamkorlikni boshlash
Start